Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” romani menga oddiy kitobdek tuyulmadi. Uni o‘qib, faqat tarixni emas, balki odamning ichidagi qo‘rquvni ham ko‘rsa bo’ladi. Hiyonat qo’rquvi, ilmsizlik qo’rquvi, vijdonsizlik qo’rquvi… Germaniyada o‘qigan o‘zbek yoshlari orqali muallif ilm, vatan va tanlov qanchalik og‘ir mas’uliyat ekanini ko‘rsatadi. Asar davomida shuni anglash mumkinki: qo‘rqmaslik har doim jasorat emas, ba’zan to‘g‘ri qaror qabul qilishdir. Kitob tugasa ham, undagi savollar tark etmayapti…
Қанча харакат қилмай, афсуски асар менга ёқмади. Унда кўтарилган таълимнинг муҳимлиги, ҳаётда мақсад билан яшаш каби мавзулар албатта долзарб. Лекин муаллифнинг фақат ўз ечимини ягона ва тўғри деб билиши, бошқа одамлар ҳаёти ва қизиқишларини, ўзга миллатларни хурмат қилмаслиги, қуруқ ватанбарварлик шиори остида агитация қилиши менда салбий фикрлар қолдирди.